Ona tili — xalqning milliy o‘zligi va ma’naviy merosi ramzi!
21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan muhim sana. Bu kun xalqimizning milliy g‘ururi, boy tarixi va bebaho ma’naviy qadriyatlarini ifodalaydi. O‘zbek tili avlodlarni birlashtiruvchi va millatimizning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi bebaho ajdodlar merosidir. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
"Maxsustrans" DUK jamoasi barcha vatandoshlarimizni va o‘zbek tilida so‘zlashuvchi barcha insonlarni O‘zbek tili kuni bilan samimiy muborakbod etadi! Ona tilimizning obro‘-e’tibori va nufuzi tobora ortib, uning go‘zalligi, boyligi va o‘ziga xosligi kelajak avlodlar qalbida abadiy saqlanib qolsin! O‘zbek tili — millat faxri, xalqimiz boyligi!
