Iyul oyining dastlabki 15 kunida Toshkent shahrida belgilanmagan joyga chiqindi tashlashning 6 204 ta holati aniqlangan. Ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha jami 3 mlrd 135,2 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.Xususan, "Xalq nazorati" portali orqali kelib tushgan murojaatga ko‘ra, qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlaganlik uchun BHMning 50 baravari - 20,6 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima rasmiylashtirildi.
Toza va ozoda Toshkent har birimizning mas’uliyatli munosabatimizdan boshlanadi. Keling, birgalikda shahrimizni asraylik, chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlaylik va poytaxtni yashash uchun yanada qulay va go‘zal qilaylik.



