Korxonamiz xodimlari CERT Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ISO 37001:2025 "Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimini ishlab chiqish" o‘quv dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi xalqaro namunadagi sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur o‘quv dasturi davomida ishtirokchilar ISO 37001:2025 standartining asosiy talablari, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini joriy etish va rivojlantirish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda tashkilotda halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.



