"Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida poytaxt hududlarining sanitariya holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va obod muhit yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Fuqarolardan kelib tushayotgan barcha murojaatlar joyiga chiqqan holda tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, Shayxontohur tumanidagi "Obinazir" mahallasi aholisidan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun mo‘ljallangan konteynerlar maydonini boshqa qulay joyga ko‘chirish bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat yuzasidan mas’ul mutaxassislar joyiga chiqib, vaziyatni atroflicha o‘rganib, qurilish tashkiloti vakillari bilan muzokaralar olib bordi. Muhokama yakunida konteyner maydonchasini sanitariya talablariga javob beradigan va aholi uchun qulayroq joyga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




