"Dolzarb 40 kunlik" doirasida Olmazor tumani Beruniy mahallasida chiqindilarni boshqarish va hududning sanitariya holati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida aholining chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, chiqindi yig‘ish maydonchalarining holati va hududni sanitariya holati bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.



