Bugun Yunusobod tumanidagi chiqindi to‘plash maydonchalarida faoliyat yuritayotgan operatorlarga tashakkurnomalar topshirildi. Taqdirlash marosimida xodimlarga kundalik mehnati, mas’uliyati hamda biriktirilgan hududlarda tozalik va tartibni ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirildi. Tadbir iliq va bayramona ruhda o‘tdi, xodimlarga yaxshi kayfiyat va mashaqqatli, ammo muhim mehnati uchun minnatdorchilik so‘zlari ulashildi.


