Mustaqillik — g‘ururimiz, kuch-qudratimiz va kelajagimiz! "Maxsustrans" DUK jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Poytaxtimiz yanada toza, ko‘rkam va obod bo‘lsin, Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi birgalikdagi mehnatimiz esa yangi-yangi xayrli natijalar bersin! Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik, har bir xonadonda farovonlik va to‘kin-sochinlik hukm sursin, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlar yangi yutuq va zafarlar olib kelsin!
