Toshkent davlat texnika universiteti "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi" kafedrasi talabalari uchun "Maxsustrans" DUK korxonasida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda. Bugungi mashg‘ulot korxona bosh inspektori Ismoil Sagdullayev rahbarligida tashkil etildi. Talabalar korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish jarayonlari hamda ishlab chiqarish tizimining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliy mashg‘ulot davomida bo‘lajak ekologlar korxona bo‘linmalari faoliyatini o‘rganib, maxsus texnikalar harakatini nazorat qilish, transport vositalarini muvofiqlashtirish va ish jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, talabalar nazariy bilimlarning amaliyotda qanday qo‘llanilishini ko‘rdilar va chiqindilar bilan ishlashda ekologik talablarga rioya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish choralari bilan tanishdilar. Korxona mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan savollarga ham javob berishdi.


