Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş" kafedrasi talabalari dual ta’lim doirasida Ohangaron şahridagi çiqindi poligoni faoliyati bilan tanişdi. Taşrif davomida talabalarga çiqindilarni qabul qiliş va joylaştiriş jarayonlari, ekologik va sanitariya talablariga rioya etilişi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi. Bunday amaliy maşğulotlar bölajak ekolog mutaxassislarning nazariy bilimlarini mustahkamlaş va kasbiy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.



