"Maxsustrans" DUK jamoasi nomidan o‘z mehnati, bilimi va fidoyiligi bilan jamiyat rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi, murabbiy va pedagoglarni chin dildan tabriklaymiz. O‘qituvchi — bilimga yo‘l ochadigan, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantiradigan, mamlakatimizning munosib fuqarolarini tarbiyalaydigan insondir. Sizlarning sabr-toqatingiz, donoligingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli bilimli va ma’rifatli jamiyat yuksalib bormoqda. Ushbu qutlug‘ ayyomda olijanob mehnatingiz, kelajak avlodga g‘amxo‘rligingiz, ilm-fan, ta’lim va ma’naviyat rivojiga qo‘shayotgan hissangiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, bitmas-tuganmas g‘ayrat, shogirdlaringizning hurmati va yangi kasbiy yutuqlar tilaymiz!
