2024-yilga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq, 2024-yil 1-apreldan boshlab maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlarni nol darajali stavka bo‘yicha soliqqa tortish bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi. Shu munosabat bilan sanitar tozalash va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari qiymatiga 12 foiz stavkada qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisoblanadi.
Ushbu chora soliq tizimini takomillashtirish, moliyaviy oqimlarning shaffofligini ta’minlash va chiqindilarni boshqarish sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda Toshkent shahri aholisi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun tarif amaldagi soliqqa tortish tartibini hisobga olgan holda bir kishi uchun oyiga 8 400 so‘m miqdorida belgilangan. Chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish shaharning sanitariya holatini saqlash, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholi uchun kommunal xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
