2025-yil 1-noyabrgacha davlat plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha yangi talablarni ishlab chiqishi rejalashtirilgan. Yangi tizim 2026-yildan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, plastik chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash mas’uliyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi yoki chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ushbu subyektlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yirik savdo markazlarida plastik konteynerlar va idishlarni qabul qilish uchun avtomatlar o‘rnatish rejalashtirilgan.
