Barchani "Chiqindisiz dunyo uchun!" ekologik aksiyasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.2025-yil 29-mart kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamkorligida ommaviy ekologik plogging aksiyasi o‘tkaziladi.O‘tkazilish joyi: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, "Yangi Choshtepa" MFY hududi.
Ushbu tashabbus aholining ekologik madaniyatini oshirish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Toza tabiat har birimizdan boshlanadi - qo‘shiling va umumiy farovonlikka o‘z hissangizni qo‘shing!
