Joriy yilning 12-13-aprel kunlari umumxalq hashari kunlari deb e’lon qilinganligi munosabati bilan "Maxsustrans – ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasida ham ommaviy sanitariya-obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Hashar doirasida poytaxtning barcha tumanlarida sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda: konteyner maydonchalari ta’mirlanmoqda, atrof obodonlashtirilmoqda, kirish joylarida manzarali o‘simliklar va gullar ekilmoqda, konteynerlar va modulli konstruksiyalar rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu tadbirlar shaharning obodonlashtirish darajasini yanada oshirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va aholi o‘rtasida tozalik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Keng ko‘lamli ishlar davomida korxona xodimlari va "Maxsustrans" tomonidan jalb etilgan texnikalar yordamida shahardan quyidagilar olib chiqildi:
🔺 12.04.2025 - 2548 tonna chiqindi;
🔺 13.04.2025 - 2055 tonna chiqindi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar poytaxtning sanitariya holatini sezilarli darajada yaxshilash, to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, bayram va dam olish kunlarida tozalikni yuqori darajada saqlash imkonini berdi. Bunday tashabbuslar fuqarolarning ekologik mas’uliyatini mustahkamlash va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.


