2025-yilning dastlabki to‘rt oyida respublika bo‘ylab o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari yordamida belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindi tashlashning 3743 ta holati aniqlangan. Ma’lumot uchun, ayni paytda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Vaziyatlar markazi tomonidan respublika bo‘ylab 250 ta onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular ekologik vaziyatni kecha-yu kunduz monitoring qilib bormoqda.
Zamonaviy videokuzatuv tizimlaridan foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligi buzilishini o‘z vaqtida aniqlash, huquqbuzarlarga nisbatan choralar ko‘rish va ruxsat etilmagan chiqindixonalar hosil bo‘lishining oldini olish imkonini beradi. Tozalikni saqlash va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir. Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ekologik farovonlikni saqlab qolish, shaharlarimiz va aholi punktlarini yanada toza va yashash uchun qulay qilish mumkin.
