Qattiq maishiy chiqindilar - — aholining hayot faoliyati, korxona va tashkilotlar faoliyati hamda hududlarni obodonlashtirish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilardir.
Ularga quyidagi chiqindilar kiradi:
fuqarolarning uy xo‘jaliklari va maishiy hayotida;
muassasalar, tashkilotlar va korxonalarda;
mahallalar, ko‘chalar, hovlilar va jamoat hududlarini tozalash va obodonlashtirishda.
Qattiq maishiy chiqindilar tarkibiga quyidagilar kiradi:
oziq-ovqat chiqindilari;
to‘qimachilik mahsulotlari va materiallari;
qadoqlash materiallari;
shisha, rezina, qog‘oz va plastmassa;
yog‘och chiqindilari;
iste’moldan chiqqan maishiy buyumlar;
supurindi, ko‘cha axlati va boshqa turdagi chiqindilar.
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish, saralash va o‘z vaqtida olib chiqib ketish aholining sanitariya osoyishtaligini ta’minlashda, atrof-muhitni saqlashda va aholi punktlarida tozalikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
