28.01.2026
Poytaxt ko‘chalarida qor tozalash ishlari olib borilmoqda
2025-06-26
O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi.
Saudiya Arabistonining "Vision International Investment" (VIIC) va Fransiyaning "Suez international" kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga ko'ra, endi xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha istiqbolli loyiha ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 78 million AQSH dollariga teng.
Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda chiqindilarni barqarorlashtirish va poligonlarga joylashtirish majmualari hamda mintaqaviy uzatish stansiyalarini yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda chiqindidan yoqilg‘i olish uskunasi, yoqish inshootlari va issiqlik bilan ishlov berish korxonasining muhandislik oldi loyihasini ishlab chiqish va tajriba asosida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Uchinchi bosqichda esa to‘liq miqyosdagi chiqindidan yoqilg‘i olish, issiqlik bilan ishlov berish inshootini barpo etish va ishga tushirish maqsad qilingan.
19.01.2026
Chiqindilarni ajratish nega muhim?
15.01.2026
2025 yil yakunlari - faoliyatimiz raqamlarda© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

