Bir necha kundan beri tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irlar shahrimiz havosini tozalab, tabiatga o‘zgacha tarovat va yangilanish bag‘ishlamoqda. Biroq, afsuski, noxush manzara ham kuzatilmoqda — ariqlar chiqindilarga to‘lib ketgan. Bu, o‘z navbatida, ko‘chalarda yomg‘ir suvining to‘planishiga olib keladi va sug‘orish tizimlarining ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan fuqarolardan ushbu muammoga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz:
- chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash
- ayniqsa plastik idishlar va yengil chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan utilizatsiya qilish
- ariqlar va jamoat hududlarining tozaligiga befarq bo‘lmaslik;
Toza atrof-muhit — sog‘lom hayot garovi. Har birimizning mas’uliyatli munosabatimiz shahrimizni yanada obod va yashash uchun qulay qiladi.
