Тариф: С НДС 8400 сум
image 2026-01-14

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Ushbu qutlug‘ sana Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, xalqimiz farovonligi va yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan jasur va mard insonlarga bo‘lgan chuqur hurmat va e’tirof ramzidir.

Bugungi kunda Vatan himoyachilari nafaqat qurolli safda, balki turli soha va yo‘nalishlarda yurt taraqqiyoti, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Sizlarning sadoqatingiz, mas’uliyatingiz va matonatingiz barchamiz uchun faxr manbaidir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va doimo yuksak zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!