Bugun Bektemir tumani "Oltintopgan" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabulda sohaga oid masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish tartibi, to‘lovlarni hisoblash, paydo bo‘lgan chiqindixonalarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, shuningdek, mahalla hududining sanitariya holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Korxona vakillari tomonidan har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, bir qator masalalar yuzasidan joyida tezkor qarorlar qabul qilindi, qo‘shimcha ko‘rib chiqish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.


