Bugun Sergeli tumanidagi "Ezgulik" mahallasida chiqindilarni boshqarish va hududni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida aholining chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, mahalla do‘konlari uchun mo‘ljallangan konteynerlar, shuningdek, maktablarga tutash hududlarda to‘planib qolgan chiqindilar bilan bog‘liq 3 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.



