Haydovchi
- Haydovchilik guvohnomasi: Amaldagi toifa huquqlarining mavjudligi «C» (majburiy). "BC" toifasining mavjudligi ma’qullanadi.
- Ish tajribasi: Yuk avtomobillarini 2-3 yildan kam bo‘lmagan haydash tajribasi. Maxsus texnikada ishlash tajribasi afzallik bo‘ladi.
- Shahar haqidagi bilimlar: Muayyan hududdagi ko‘chalar va mahallalarning joylashuvini yaxshi bilish.
- Texnik savodxonlik: Yuk avtomobilining texnik holatini nazorat qilish uchun uning tuzilishiga oid asosiy bilimlar.
- Shaxsiy fazilatlari: Diqqatlilik, stressga chidamlilik va intizomlilik.
Majburiyatlar:
- yo‘nalishga yo‘l varaqasini rasmiylashtirgan holda, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarini o‘zlashtirgan holda chiqish;
- yo‘nalishdan so‘ng texnikani yuvib tozalash;
- yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish;
- transport vositalarini texnik foydalanish qoidalarini o‘zlashtirish;
- texnika saloniga me’yordan ortiq odam olmaslik va harakatlanish davrida texnikaning yon qismi odam joylashtirmaslik;
- texnikani sanitar qoidalari asosida saqlash;
- texnikani mavsumiy texnik ko‘rikka tayyorlash;
- harakatlanish davrida tezlikni belgilangan meyo’rdan oshirmaslik;
- ortiqcha chiqindi ortgan holda (ustiga, orqa qismiga qo‘shimcha yuklamaslik) harakatlanish;
- belgilangan yo‘nalish jadvaliga to‘liq amal qilish va jadvaldan chiqish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- o‘z funksional vazifasidan kelib chiqib, xo‘jalik hisobidagi moddiy texnika ta’minotidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanmaslik.
Ish sharoitlari:
- Ish bilan ta’minlash: O‘zR Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiylashtirish.
- Ish grafigi: Smenali grafik (ko‘pincha erta yo‘lga chiqish).
- Ijtimoiy kafolatlar: Mehnatga o‘z vaqtida haq to‘lash, ta’til va kasallik varaqalari.
- Xizmat ko‘rsatish: Texnikani ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish korxona tomonidan amalga oshiriladi
Bo'sh ish o'rin
3
nafar
Ish haqi kelishiladi
Загрузка...
