Fuqarolarni sayyor qabul qilish jadvaliga muvofiq, "Maxsustrans" DUK rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Tadbir aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga qaratilgan.
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15-sentyabr
Vaqt: soat 16:00 dan 17:00 gacha
O‘tkazish joyi: Sergeli tumani, "Ezgulik" MFY binosi.
Aholini sayyor qabulda ishtirok etishga va o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilishga taklif etamiz. "MU Maxsustrans" DUK fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
