Joriy yilning 5-fevral holatiga, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lanmagan qarzlar bo‘yicha umumiy "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "2100" qisqa raqamidan 1 174 686 nafar abonentga 108,9 mlrd so‘mlik SMS-xabarnomalar yuborilgan.
Shundan so‘ng, abonentlarga qarzdorlikni uzish uchun 5 (besh) kun muddat berilib, 12,7 mlrd so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
Bundan tashqari, respublika bo‘yicha maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun 15,8 mlrd so‘m qarzdorligi bo‘lgan 198 858 nafar abonentga elektr energiyasi uchun to‘lovga cheklov joriy etildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu cheklov qarz to‘liq to‘langandan so‘ng darhol bekor qilinadi..
