"Mirobod-Maxsustrans" ATF direktori Rustamali Komilov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e’tirof uning ko‘p yillik halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati, mas’uliyati va soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilishiga berilgan munosib bahodir.
Butun jamoa nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tuganmas g‘ayrat, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuq va zafarlar tilaymiz. Boy tajribangiz, o‘z ishingizga bo‘lgan sadoqatingiz va faol hayotiy pozitsiyangiz soha rivoji va mamlakatimiz ravnaqi uchun bundan buyon ham xizmat qilsin. Sizga xalq va Vatan farovonligi yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar, shuningdek, yangi yuksak mukofotlar va mehnatingizning munosib e’tirofini tilaymiz!
