Maxsus texnikalar va ekspluatatsiya brigadalari kecha-yu kunduz, uzluksiz rejimda ishlab, to‘planib qolgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va bartaraf etish ishlarini samarali bajardi. Xodimlarning uyushqoqligi va yuksak mas’uliyati tufayli shaharda barqaror sanitariya holatini ta’minlashga erishildi. Xususan, ko‘rsatilgan davrda poytaxt hududidan quyidagilar olib chiqilgan:
- 06.06.2025 - 1500 tonna
- 07.06.2025 - 2400 tonna
- 08.06.2025 - 2200 tonna
Chiqindilarni olib chiqish va utilizatsiya qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borildi, bu esa bayram kunlarida yuqori yuklama sharoitida ham shaharda tozalik va tartibni saqlash imkonini berdi.
