Bugun Toshkent shahar prokuraturasida chiqindilarni boshqarish sohasidagi dolzarb masalalar va sanitar tozalash tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida 2024-yil davomida Toshkent shahrida chiqindilarni boshqarish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan reja-dasturda ko‘zda tutilgan asosiy vazifalar, maqsadlar va tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Seminar ishtirokchilari chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi samaradorligini oshirish, ularni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy ekologik yondashuvlarni joriy etish va mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.
"Maxsustrans" DUK bosh inspektori Ismoil Sagdullayev korxona faoliyati, shaharni sanitariya jihatidan tozalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida batafsil taqdimot qildi.Shuningdek, ochiq muloqot davomida sohadagi yechimini kutayotgan mavjud muammolar ko‘rib chiqildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Muhokamalar yakunida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan aniq qadamlar belgilandi. Bunday tadbirlar idoralararo hamkorlikni mustahkamlash, jamiyatning ekologik madaniyatini yuksaltirish, yanada toza va qulay shahar muhitini yaratishga xizmat qiladi.


