Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Rahmonov topshirig‘iga asosan, tumanlardagi Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan yig‘ilayotgan hazon va supurindilarni tartibli yig‘ish hamda olib chiqib ketish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida chiqindi yig‘ish maydonchalari yonida maxsus hazon yig‘ish maydonchalari barpo etilmoqda. Bugungi kunga qadar:
Mirobod tumanida - 2 ta;
Mirzo Ulug‘bek tumanida - 2 ta;
Yashnobod tumanida - 2 ta punkt;
Bektemir tumanida - 1 ta punkt;
Оlmazor tumanida - 1 ta punkt.
Shu tariqa, poytaxtning 5 ta tumanida 8 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bunday punktlarning tashkil etilishi chiqindilarni uyushqoqlik bilan yig‘ish, ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketish samaradorligini oshirish va shahar hududlarining sanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi.
