O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari boshlandi. 28-iyuldan 6-sentyabrgacha davom etadigan aksiya doirasida obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarining asosiy maqsadi hududlarda sanitariya-tozalash ishlarini yanada kuchaytirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, shuningdek, aholining ekologik madaniyatini oshirishdan iborat.


