"Toza Poytaxt" dasturiy ta’minoti ertaga Olmazor tumanida sinov tariqasida ishga tushiriladi va 1 sentyabrga qadar qolgan tumanlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Loyihaning asosiy maqsadi - chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish jarayonini nazorat qilish orqali shahar tozaligini ta’minlash, texnikalar ishlashini monitoring qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdan iborat.
Yangi tizim orqali mahallaning ichki ko‘chalarida texnikalar harakatini kuzatish, chiqindilar hajmini hisoblash, yuridik tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash, shuningdek, markaziy va ichki ko‘chalarning sanitariya holatini monitoring qilish mumkin bo‘ladi. Barcha ma’lumotlar inson resurslariga ehtiyojsiz, avtomatik tarzda to‘planadi. Bajarilmagan ishlar va chiqindi olib chiqilmagan manzillar ham avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.

