Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 213-umumta’lim maktabida "Yashil makon" umummilliy tashabbusi doirasida ekologik daraxt ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir shahar muhitini yanada ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, shuningdek, yosh avlod o‘rtasida ekologik madaniyat va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga qaratilgan edi.
Aksiyada bir qator davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, "Maxsustrans" DUK xodimlari ishtirok etib, ekologik tashabbusni amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Tadbir ishtirokchilari birgalikda ko‘chat ekish, maktab hududini obodonlashtirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay va ekologik toza muhit yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdilar.
