Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Aminov, Ekologik partiya Toshkent shahar kengashi raisi S.Fayziyeva hamda boshqarma rahbari maslahatchisi I.Sagdullayev so‘zga chiqdi. Ular o‘z chiqishlarida davlatimiz rahbarining murojaatlarida belgilangan asosiy vazifalar va ularning mamlakatni yanada rivojlantirishdagi ahamiyatiga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Bundan tashqari, tadbir doirasida boshqarma xodimlariga tantanali sanalar arafasida bayram sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj xodimlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash va mehnat jamoasiga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish maqsadida ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.


