Yangihayot tumanidagi "Vikor" mahallasi hududida sanitariya-gigiyena va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hudud tozalanib, maishiy chiqindilar, quruq shoxlar va boshqa o‘simlik qoldiqlari yig‘ib olindi. Ularni tezkorlik bilan yuklash va olib chiqish uchun maxsus texnikalar jalb etilgan.
To‘plangan chiqindilar belgilangan tartibda hududdan olib chiqib ketiladi, bu esa hududlarni to‘plangan chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash va ularni tegishli sanitariya holatida saqlash imkonini beradi. Poytaxt mahallalari hududlarini tozalash va obodonlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar davom etmoqda.


