O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini nishonlash arafasida poytaxtda tozalik va obodonlashtirish ishlari kuchaytirildi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida maishiy chiqindilarni yig‘ish maydonchalarining sanitariya holati monitoring qilinmoqda. "Maxsustrans" davlat ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Toshkent shahar chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi vakili bilan birgalikda Yashnobod tumani hududida joylashgan chiqindi yig‘ish maydonchalarini ko‘zdan kechirmoqda.
Monitoring davomida maydonlarning sanitariya holati, atrof hududning tozaligi, konteynerlarning texnik holati, shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar nazoratga olinib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xizmatlarga tegishli topshiriqlar berilmoqda. Poytaxt hududlarining tegishli sanitariya holatini ta’minlash ishlari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda.


