“Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” Davlat korxonasi o‘zining vakolati va belgilangan xizmat vazifalari doirasida quyidagi hududlardan maishiy chiqindilarni yig‘ib, olib chiqib ketish xizmatlarini amalga oshiradi:
1. Mahalla ko‘chalari
2.Markaziy ko‘chalar
3.Chiqindi yig‘ish maydonchalari
4. Ijtimoiy obyektlar - maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa muassasalar
5. Tashkilotlar va korxonalar (shartnoma bo‘yicha)
6. Umumiy ovqatlanish obyektlari (shartnoma asosida)
Muhim: chiqindilarni to‘plash va olib chiqish hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini bajarishni anglatmaydi.
Xususan, ko‘chalarni tozalash va supurish, bekatlarda, bozorlarda va suv havzalarida chiqindilarni yig‘ish "Maxsustrans" tomonidan belgilangan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
