"Maxsustrans - Ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan "Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma doirasida korxona vakillari zamonaviy startaplar, innovatsion texnologiyalar, chiqindilarni qayta ishlash uskunalari, shuningdek, chiqindilarni boshqarish sohasidagi "yashil" va ekologik barqaror yechimlar bilan tanishdilar.
Bundan tashqari, xorijiy investorlar va ishlab chiqarish kompaniyalari bilan Toshkent shahri infratuzilmasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Ko‘rgazmada ishtirok etish korxona faoliyatini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, chiqindilarni boshqarish va barqaror shahar rivojlanishi sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.



