Yaponiyaning Kamikatsu qishlog‘i haqidagi film - u yerda chiqindilar 40 dan ortiq toifalarga ajratiladi, barchasi qayta ishlanadi, natijada havo toza, atrof-muhit esa benuqson. Ammo bu faqat Yaponiya uchun emas. Bu yo‘l biz uchun ham ochiq. Chiqindilarni to‘g‘ri saralash, isrofgarchilikni kamaytirish, qayta ishlashda ishtirok etish - bularning barchasi katta o‘zgarishlarga olib keladi.
Toza suv, toza havo, yashil tabiat faqat davlat yoki tashkilotlarning vazifasi emas, bu har birimizning mas’uliyatimizdir. Atrof-muhitni asrash - farzandlarimiz uchun munosib kelajak yaratish demakdir. Ushbu videoni tomosha qiling - va siz bu qanchalik oddiy va muhim ekanligini his qilasiz.
https://youtu.be/lXZzRJHd5ME?si=29e69Wy38X75N-Z9
