Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2026-yilning iyul va avgust oylari davomida respublika bo‘yicha belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 1 117 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Shundan 90 ta qoidabuzarlik transport vositalari tomonidan, 730 tasi esa fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bunda kuzatuv kameralari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan shaxslar ulushi 27 foizni tashkil etib, qo‘llanilgan jarimalarning umumiy miqdori 554,6 mln so‘mga yetgan.
Ma’lumot uchun, respublikaning deyarli barcha hududlarida 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Ular nafaqat chiqindi tashlash holatlarini, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi.
