O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish va hududlarning yashillik darajasini tubdan oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-206-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarda tozalik va ozodalikni ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida Bosh prokuror o‘rinbosari I. Adxamov hamda X. Mirsoatov Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi va Ohangaron tumanidagi chiqindilar poligoni faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, “Tozalik va ozodalik” dolzarb ikki oyligi doirasida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlarini yanada kuchaytirish, aholi yashash hududlarida barqaror sanitariya holatini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.



