O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga 2a-ilovasiga muvofiq, hozirgi vaqtda qayta ishlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan va qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan rag‘batlantirish nazarda tutilgan chiqindi turlariga quyidagilar kiradi:
- organik o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun - organik chiqindilar (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, obodonlashtirish chiqindilari, shox-shabbalar, barglar va boshqalar);
- piroliz usulida qayta ishlanib, gaz (elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun), suyuq yoqilg‘i va rezina xomashyosi olinadigan chiqindilar;
- Tetra Pak qadog‘i;
- foydalanilgan ta’minot elementlari (batareyalar, akkumulyatorlar va boshqa tok manbalari);
- gigiyena vositalari (tagliklar, tibbiy niqoblar va boshqa buyumlar);
- lyuminessent lampalar;
- shisha chiqindilari;
- elektron va elektrotexnika mahsulotlari chiqindilari;
- kimyoviy chiqindilar (bo‘yoqlar, aerozollar, tormoz va gidravlik suyuqliklar, erituvchilar va boshqa kimyoviy moddalar);
- plastik chiqindilarning ayrim turlari (PETdan tashqari): HDPE, PVC, LDPE, PP, PS.
"Qayta ishlanadigan" toifasiga kiruvchi chiqindilar turlari
- barcha turdagi plastik chiqindilar;
- qog‘oz va makulatura (gazetalar, jurnallar, karton, ofis qog‘ozi va boshqalar);
- qora va rangli metallar parchalari;
- shisha buyumlar va shisha siniqlari;
- to‘qimachilik chiqindilari;
- rezina va rezina-texnika buyumlari (avtomobil shinalari, kameralar, transportyor lentalari va boshqalar).
