"Maxsustrans-ICHB" DUK O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ham maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatadi, degan keng tarqalgan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Biroq, aslida tashkilot faoliyati faqat Toshkent shahri hududi bilan cheklanadi. Mamlakat hududlarida sanitar tozalash xizmatlari tegishli hududlarga biriktirilgan boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar siz poytaxtdan tashqarida yashasangiz va hududingizga qaysi sanitariya xizmati xizmat ko‘rsatishi haqida ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, quyidagi qisqa raqamlarga murojaat qilib, kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin: 1205 yoki 1275
Operatorlar dolzarb ma’lumotlarni taqdim etadi va hududingizdagi mas’ul tashkilotni aniqlashga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, tegishli xizmatlarga o‘z vaqtida murojaat qilish sanitar tozalash masalalarini tezkor hal etish va aholi punktlarida tartibni saqlashga xizmat qiladi.
