"Dunyo bo‘ylab" telekanalida "Qattiq maishiy chiqindilar va ularning atrof-muhitga ta’siri" mavzusida ochiq muloqot tasvirga olindi. Ko‘rsatuv davomida qattiq maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, olib chiqilishi va utilizatsiya qilinishi, shuningdek, ularning atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq dolzarb ekologik masalalar muhokama qilindi. Fuqarolarning ekologik madaniyatini oshirish, chiqindilarni boshqarish tizimini rivojlantirish va zamonaviy ekologik yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot doirasida "Maxsustrans" tizimi faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va shaharni sanitariya jihatidan tozalash sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Korxona vakillari chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ishlab chiqarish bazasini modernizatsiya qilish, ixtisoslashtirilgan texnikalarni yangilash, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
