Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlaridagi turar joy massivlarida maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga to‘plash holatlari aniqlandi. Ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish maqsadida tuman obodonlashtirish xizmatlari va "Maxsustrans - Ishlab chiqarish boshqarmasi" DUK tomonidan hududlarni tozalash va to‘planib qolgan chiqindilarni olib chiqish ishlari amalga oshirildi. Natijada ruxsat etilmagan axlatxonalar to‘liq bartaraf etilib, tegishli sanitariya holatiga keltirildi.
Aholiga maishiy chiqindilarni konteyner maydonchalaridan tashqarida tashlash qonunchilik talablarini buzish ekanligini va ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.


