2025-yil 8-iyundan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lov elektr energiyasi uchun to‘lov bilan yagona tizimda amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Ushbu integratsiya doirasida chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilarga SMS-xabarlar shaklida xabarnomalar yuboriladi. Xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida, barcha hisoblangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingizni tavsiya etamiz.
