13-14 mart kunlari mamlakatimizda "Obod yurt har bir mahalladan boshlanadi" shiori ostida umummilliy xayriya hashari o‘tkazildi.
Shu kunlarda "Maxsustrans" jamoasi shaharni obodonlashtirish va sanitar tozaligini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda faol ishtirok etdi.
13-mart: 328 ta chiqindi tashish texnikasi yordamida 2837,9 tonna maishiy chiqindilar yig‘ib olib ketildi.
14 mart: 332 ta maxsus texnika yordamida 2863,1 tonna maishiy chiqindilar yig‘ib olib chiqildi.
Hasharning atigi ikki kunida:
5701 tonna maishiy chiqindilar olib chiqildi;
660 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan.
Korxona xodimlarining hamjihatlik bilan ishlashi va aholining faol ishtiroki tufayli poytaxtning ko‘plab tumanlarida tozalik, tartib va qulay sanitariya muhitini ta’minlashga erishildi.
