Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi rahbariyati tizimda mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni ushbu bahor ayyomi bilan tabrikladi.
Tadbir davomida xotin-qizlarning korxona faoliyatidagi muhim o‘rni, ularning yuqori natijalarga erishish va tashkilot rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi alohida ta’kidlandi. Ularning kasbiy mahorati, mas’uliyati va mehnatsevarligi tufayli belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, korxonaning umumiy salohiyati mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.


