Fuqarolarning murojaatlarini har tomonlama ko‘rib chiqish va yuzaga kelayotgan masalalarni bevosita joyning o‘zida o‘rganish maqsadida mas’ul xodimlar tomonidan Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroning maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidan qarzdorligi yuzasidan takroriy murojaati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida mutaxassislar tomonidan mavjud qarzdorlik bilan bog‘liq ma’lumotlar tekshirildi va fuqaroga ushbu masala yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Mas’ul xodimlar tomonidan qarzdorlikni shakllantirish tartibi batafsil tushuntirilib, mavjud ma’lumotlarga muvofiq ma’lumotlar taqdim etildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaro zarur tushuntirishlarni olganini va ushbu masala bo‘yicha qo‘shimcha savol va e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qildi. Tashrif natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Bu boradagi ishlar doimiy ravishda davom ettirilmoqda.

