2026-yil 14-avgustda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun rasman e’lon qilindi. Qonun Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomini, uning asosiy vazifalari, vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Qonunga muvofiq, Prezident Administratsiyasi Prezident faoliyatini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydi, davlat organlari ishini muvofiqlashtirishda, shuningdek, Prezident hujjatlari ijrosini monitoring va nazorat qilishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, hujjat bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining vakolatlari hamda u tomonidan tegishli davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar chiqarish tartibi belgilandi. Konstitutsiyaviy qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
