Korrupsiya nafaqat iqtisodiyotni zaiflashtiradi, balki fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini ham so‘ndiradi. Shu munosabat bilan boshqarma majlislar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-71-son Farmoni mazmun-mohiyati batafsil tanishtirildi.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot-tashviqot materiallari - infografika va annotatsiyalar namoyish etilib, ularning amaliy ahamiyati tushuntirildi. Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kuchaytirish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, shuningdek, xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

