O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida boshqarmada xodimlar uchun siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiya, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsad va vazifalari tushuntirildi. Mehnatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, intizomni mustahkamlash va xodimlarning kasbiy odobini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, Boshqarmaning Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.


